Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2034-yilda qishki Olimpiya o‘yinlariga kim mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi

2034-yilda qishki Olimpiya o‘yinlariga kim mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2034-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari poytaxti sifatida AQShning Solt-Leyk-Siti shahrini tanladi.

Solt-Leyk Siti avval ham Qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan, bu 2002-yilda sodir bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, 2028-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlariga ham AQSh mezbonlik qiladi, musobaqalar Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

2030-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari esa Fransiya Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Fransiyada yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanmoqda. 26-iyuldan 11-avgustgacha Parij musobaqaga mezbonlik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring