Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus chempionatini titratayotgan Jasur Yaxshiboyev jamoasini o‘zgartirdi

Belarus chempionatini titratayotgan Jasur Yaxshiboyev jamoasini o‘zgartirdi

Joriy yildan e’tiboran Belarus chempionatida harakat qilayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev o‘z jamoasini o‘zgartirdi. Asli transfer huquqi «Paxtakor» klubiga tegishli bo‘lgan hamyurtimiz avvaliga ijara asosida «Energetik-BGU» klubi safida o‘ynadi.

Klub tarkibida Jasur Yaxshiboyev ichki chempionat doirasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol kiritib, 3 bor sheriklariga samarali uzatmani amalga oshirdi. Yorqin debyutdan so‘ng futbolchimizga bir qator kuchli klublardan jiddiy takliflar tusha boshladi. Yaxshiboyev ular orasidan aynan Belarus chempionatida ishtirok etayotgan «Shaxtyor» klubini tanladi.

Hozirda 16 turdan so‘ng 30 ochko to‘plab turnir peshqadami bo‘lib turgan ushbu klub mavsum yakunida chempionlikni asosiy maqsad qilgan. Shu boisdan bu yo‘lda joriy yilgi chempionatning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turgan Jasur Yaxshiboyevning xizmatlariga tayanishga qaror qilishdi.

Futbolchimizga yangi klubi safida yangi marralarni zab etishida va bu bilan Yevropaning eng kuchli chempionatlari klublarining nazariga tushishida omad tilab qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring