Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YChL. «Bavariya» «Real» bilan durang o‘ynadi

YChL. «Bavariya» «Real» bilan durang o‘ynadi

Foto: Sovsport.ru

Yevropa Chempionlar ligasi yarimfinalining ilk uchrashuvida «Bavariya» o‘z maydonida «Real Madrid»ni qabul qildi.

Birinchi bo‘limda Kroosning ajoyib uzatmasini golga aylantirgan Vinisius madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida maydonda to‘liq ustunlikni o‘rnatgan myunxenliklar qatorasiga ikkita gol kiritishdi — avvaliga raqib maydoniga reyd uyushtirgan Sane aniq va kuchli zarbasi bilan darvoza yaqin burchagini nishonga oldi, oradan to‘rt daqiqa o‘tib Keyn o‘n bir metrlikdan unumli foydalandi. Ikkinchi taym yakunida «Bavariya» darvozasiga penalti belgilandi, Vinisiusning zarbasini Noyer qaytara olmadi. Uchrashuv jangovar durang bilan yakuniga yetdi — 2:2.

Final yo‘llanmasi 8-may kuni Madriddagi javob o‘yinida hal bo‘ladi.

Bugun oqshom ikkinchi yarimfinal juftligidagi o‘yin ham Germaniyada bo‘lib o‘tadi — Dortmundda «Borussiya» «PSJ»ni qabul qiladi.

YCHL. YARIMFINAL

Bavariya — Real 2:2

30-aprel, «Alyans Arena»

Gollar: Sane (53), Keyn (57, penalti) — Vinisius (24, 83 penalti).

Bavariya — Noyer, Dayer, Kim Min Chje, Mazraui, Goretska (Gerreyru, 46), Laymer, Kimmix, Myuller (Gnabri, 80), Sane (Devis, 87), Musiala, Keyn.

Real — Lunin, Nacho (Kamavinga, 65), Ryudiger, Mendi, Valverde, Kroos (Dias, 76), Chuameni, Vaskes, Bellinghem (Modrich, 75), Vinisius Junior, Rodrigo (Xoselu, 87).

Ogohlantirishlar: Mazraui (43), Kroos (64), Kim Min Chje (82), Vaskes (90+1).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring