Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Timur Kapadze ertangi bahs, raqib va legionerlar haqida

Timur Kapadze ertangi bahs, raqib va legionerlar haqida

U-23 Osiyo kubogi chorak final o‘yini oldidan vakillarimiz ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

«Ushbu bosqichga yetib kelganimizdan xursandmiz. Ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi va biz o‘yinga tayyormiz.

Albatta raqibimiz o‘ziga yarasha kuchli jamoa. Bu jamoa bilan ko‘p o‘ynaganmiz. Jamoa va uning murabbiyi imkoniyatlari haqida bilamiz. Biroq biz ham o‘z strategiyamiz va rejamiz bo‘yicha harakatlanamiz», dedi bosh murabbiy Timur Kapadze.

Kapadze  2 yil avvalgi Saudiya Arabistoni (O‘zbekiston OTJni mag‘lub etgandi — tahririyat) haqida gapirdi.

«2 yil ichida har ikkala jamoa ham o‘zgardi, deb o‘ylayman. O‘z o‘rnida, biz ham o‘sishga erisha oldik, tajriba to‘pladik. Ertaga o‘z rejamiz asosida harakatlanib, g‘alaba qozonmoqchimiz», dedi u.

Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov guruhdagi ikkinchi o‘yindan keyin terma jamoa safiga borib qo‘shilgandi.

Legionerlarning moslashuvi haqida gapirarkan, murabbiy shunday dedi: «Ular tarkibimizga yetib kelganidan xursandmiz. Legionerlarimiz bizga qo‘shimcha kuch berishdi. Allaqachon moslashib ulgirishdi. Ular hatto o‘tgan uchrashuvda ham maydonga tushishdi. Ertaga esa, ko‘ramiz, kim tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi».

Eslatib o‘tamiz, ertaga O‘zbekiston OTJ Osiyo kubogi chorak finali doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring