Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fazliddin G‘oibnazarovning keyingi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi, biroq raqib sir tutilmoqda

Fazliddin G‘oibnazarovning keyingi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi, biroq raqib sir tutilmoqda

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Rio Olimpiadasining chempioni, ayni vaqtda professional boksda o‘z faoliyatini olib borayotgan yurtdoshimiz Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, G‘oibnazarov 11 may kuni sakkizinchi bor professional ringga ko‘tariladi.

«Bo‘lajak jangning sanasi va qayerda o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. Rostini aytsam, raqib ham ma’lum. Biroq uning kimligini hozir e’lon qilmoqchi emasman. Negaki janggacha hali vaqt bor va barchasi o‘zgarib ketishi mumkin. Ayni paytda jamoam bilan jangga qizg‘in tayyorlanyapmiz. Raqib ism-sharifini bir hafta ichida e’lon qilaman», – deydi Fazliddin G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz shu paytgacha professional boksda yetti bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 4 tasi nokaut evaziga qo‘lga kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring