Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA reytingida O‘zbekiston 61-o‘ringa ko‘tarildi

FIFA reytingida O‘zbekiston 61-o‘ringa ko‘tarildi

Foto: Championat.asia

FIFA rasmiy sayti e’lon qilgan terma jamoalarning yangi reytingida O‘zbekiston 61-o‘ringa ko‘tarildi.

Terma jamoamiz 2023-yilni 68-o‘rinda yakunlagan, Qatarda o‘tgan Osiyo kubogidan keyin 66-o‘ringa ko‘tarilgan edi. Mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Gongkongga qarshi JCh-2026 2-saralash bosqichidagi g‘alabalardan keyin (2:0, 3:0) O‘zbekiston JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi va Osiyo kubogi-2027 yo‘llanmasiga ega chiqib, reytingda 64-o‘ringa ko‘tarilgandi.

JCh-2026 2-saralashi doirasidagi Turkmaniston (3:1) va Eron (0:0) bilan o‘yinlardan keyin yana ikki pog‘ona yuqorilab, O‘zbekiston 62-o‘rinda joylashdi. Iyul oyida e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston 61-o‘ringa ko‘tarilgan.

FIFA reytingida Amerika kubogi egasi — Argentina 1-o‘rinda bormoqda, Fransiya 2-o‘rinda qoldi. Yevropa chempioni — Ispaniya 8-o‘rindan 3-pog‘onaga ko‘tarildi. Angliya 5-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarildi. Braziliya 5, Belgiya 6-o‘ringa pastlagan. Niderlandiya (7), Portugaliya (8), Kolumbiya (9) va Italiya (10) o‘nlikdan joy olgan.

O‘zbekiston Osiyo jamoalari orasida 8-o‘rinda: Yaponiya — qit’a yetakchisi – 18-o‘rin (jahonda), Eron (20) va Janubiy Koreya (23) uchlikda. Avstraliya (24), Qatar (34), Iroq (55), Saudiya Arabistoni (56), O‘zbekiston (61), Iordaniya (68) va BAA (69) kuchli o‘nlikda.

O‘zbekiston milliy jamoasining FIFA reytingidagi eng yaxshi natijasi — 45-o‘rin (2006-2007-yillar).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring