Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunladi

Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunladi

Foto: RIA Novosti Sport

Uelslik Garet Beyl 33 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozdi.

«Uzoq o‘ylab, klublardagi va xalqaro faoliyatimni yakunlash qaroriga keldim. O‘z orzuimni amalga oshirish, sevimli sportim bilan shug‘ullanish baxtiga muyassar bo‘ldim. Endi hayotimda yangi sahifa ochmoqchiman. O‘zgarishlar va yangi sarguzashtlar fursati keldi», — deb yozdi Beyl.

Garet Beylning faoliyatidagi so‘nggi klub «Los-Anjeles» bo‘ldi. Bungacha «Sautgempton», «Tottenhem» va «Real Madrid»da to‘p surgan. Madrid klubi bilan besh marta UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Uels terma jamoasi safida Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etdi, biroq jamoa guruhdan chiqolmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring