Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Manba: Ronaldu terma jamoaga 1000-golini urish uchun qaytadi

Manba: Ronaldu terma jamoaga 1000-golini urish uchun qaytadi

Foto: Chempionat

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu kelasi yili terma jamoaga qaytishi mumkin. U avvalroq bosh murabbiy Jorje Jezush bilan mojaroga duch kelib, terma ixtiyorini tark etgandi. Bu haqda jurnalist Migel Pereyra talkSPORT nashriga xabar berdi.

«U Portugaliya terma jamoasidagi so‘nggi golini urishni juda xohlaydi. Menimcha, u mavsum oxirida Portugaliya safida 1000-golini urish uchun qaytadi».

Ronaldu bu mavsumda «Al-Nasr» safida osongina 15-20 ta gol urishi mumkin, lekin u  avvalo terma jamoa safida natija ko‘rsatishni juda xohlaydi. Va men hali ham bu sodir bo‘ladi deb o‘ylayman.

Hozirda menimcha, Krishtianuning lageri va Jezushning lageri o‘rtasida aloqalar o‘rnatilmoqda. Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianuga juda qiziqmoqda, chunki u katta shov-shuv keltirib chiqardi va menimcha, Krishtianu kelasi yil oxirida terma jamoa bilan o‘yin uchun qaytib keladi», dedi Pereyra.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli hujumchi faoliyati davomida rasmiy o‘yinlarda 979 ta gol urgan. Portugaliya milliy jamoasi bilan birgalikda Yevropa chempioni bo‘lgan, shuningdek, ikki marta Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring