Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Manchester Yunayted» 13-marta Angliya kubogini qo‘lga kiritdi

«Manchester Yunayted» 13-marta Angliya kubogini qo‘lga kiritdi

Foto: RBK Sport

Bugun o‘tkazilgan Manchester derbisi Angliya kubogining yangi sohibini aniqlab berdi.

Autsayder o‘laroq qaralayotgan «Manchester Yunayted» Garnacho va Maynuning gollari evaziga Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

«Qizil iblislar» 13 marotaba Angliya kubogini yutishdi. Bu turnirning peshqadami — «Arsenal»da 14 ta kubok bor.

Ten Hag jamoasi tarixiy g‘alabasi orqali Yevropa ligasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi. APLda 6-o‘rinni egallagan «Chelsi» esa Konferensiyalar ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.

ANGLIYA KUBOGI. FINAL

Manchester Siti — Manchester Yunayted 1:2

25-may, «Uembli»

Gollar: Doku (87) — Garnacho (30), Maynu (39).

Manchester Siti – Ortega, Uoker, Stounz, Ake (Akanji, 46), Gvardiol, Kovachich (Doku, 46), de Bryuyne (Alvares, 56), Silva, Rodri, Foden, Holand.

Manchester Yunayted – Onana, Uan-Bissaka, Varan, Martines (Evans, 73), Dalot, Amrabat, Maynu, Fernandesh, Maktominey (Maunt, 90+3), Garnacho (Lindelyof, 90+3), Reshford (Hoylund, 74).

Ogohlantirishlar: Maynu (45), Alvares (90+7).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring