Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda yuqoriladi

Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda yuqoriladi

Mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov Butunjahon shaxmat Olimpiadasida birinchi doskada o‘ynayapti.

Yosh grossmeysterimiz dastlabki ikki turda raqiblarini ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu muvaffaqiyat esa unga onlayn reytingda 5-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini berdi.

Nodirbek FIDE reytingida 6-pog‘onadan joy olgan. Yigirma yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilarning dunyo reytingida esa peshqadamlik qilmoqda.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring