Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ktam Barnoyev yana bir lavozimni egalladi

O‘ktam Barnoyev yana bir lavozimni egalladi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 6-iyul kuni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda kun tartibidagi asosiy masala – O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga yangi rais saylash ko‘rib chiqildi.

Federatsiya raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev nomzodi tavsiya qilindi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Shuningdek, konferensiyada federatsiya rahbariyati hamda 13 kishidan iborat Ijroiya qo‘mitasi a’zolari tarkibi ham saylandi. Unga ko‘ra, rais o‘rinbosarlari sifatida Feruz Abdullayev, Bahrom Norqobilov, Avaz Ismoilov va Kamol Xudoyberdiyev nomzodlari ma’qullandi. Shu bilan birga Kamol Xudoyberdiyev federatsiya bosh kotibi lavozimiga ham tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring