Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston boks federatsiyasi Toshkentdagi jahon chempionati haqida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston boks federatsiyasi Toshkentdagi jahon chempionati haqida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston boks federatsiyasi joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati xususida ba’zi internet manbalarida tarqalayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

«Bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan siyosiy vaziyat sabab ayrim internet manbalari va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 30-aprel — 14-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionati haqida noxolis xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston boks federatsiyasi shu o‘rinda vaziyatga oydinlik kiritib o‘tadi.

Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etiladi. O‘zbekiston tomoni musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatlarning qatnashish yoki qatnashmasligini belgilash vakolatiga ega emas. O‘zbekiston musobaqani o‘tkazuvchi davlat hisoblanadi va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanadi.

Chempionat qatnashchilari, terma jamoalar, sportchi va murabbiylar, hakamlarni ro‘yxatdan o‘tkazish IBA tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatimiz musobaqani qabul qilish huquqini qo‘lga kiritgan vaqtda terma jamoalar yoki sportchilarning xalqaro turnirlardagi ishtiroki bo‘yicha bugungi cheklovlar yo‘q edi.

O‘zbekiston xalqaro sport normalariga rioya qiluvchi davlat bo‘lib, sport siyosatdan xoli tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi», deyiladi munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring