Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston yoshlari Jahon chempionatiga yo‘l oldi!

O‘zbekiston yoshlari Jahon chempionatiga yo‘l oldi!

Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi—2023 chorak finalida O‘zbekiston yoshlari Avstraliyaga qarshi bahs olib bordi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Bunyodkor» stadionida kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida raqiblar hisobda oldinga chiqdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, O‘zbekiston yoshlari muvozanatni tiklashdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.

Seriyada hamyurtlarimiz 5-4 hisobida g‘alaba qozonishdi.

U-20 Osiyo Kubogi—2023. Chorak final

O‘zbekiston U-20 — Avstraliya U-20 1:1 (penaltilar bo‘yicha - 5:4)

O‘zbekiston U-20: 21. Otabek Boymurodov, 3. Abduqodir Husanov, 6. Jahongir O‘rozov, 7. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 8. Behruzbek Asqarov (4. Abubakr Ashurov, 113), 10. Umarali Rahmonaliyev, 13. Zafarmurod Abdurahmatov (2. Izzatullo Po‘latov, 94), 14. Abbosbek Fayzullayev, 15. Diyorbek Ortiqboyev (17. Nodirbek Abdurazzoqov, 118), 20. Mahmudjon Mahamadjanov, 22. Sherzod Esanov (11. Shahriyor Jabborov, 64).

Avstraliya U-20: 1. Jek Varshavski, 2. Joshua Roulins, 3. Nektarios Triantis, 4. Kris Donnell (16. Jeyk Gerdvud-Rayx, 102), 7. Bernardo Oliveyra (17. Eydan Simmons, 61 (22. Jin Ris, 99), 8. Alessandro Lopane, (19. Archi Gudvin, 90+2) 9. Gabriel Popovich (11. Rafael Rodriges, 102), 10. Adrian Segechich, 13. Panashe Madanya, 15. Jozef Ford, 21. Jed Dryu (20. Aleksandr Badolato, 61).

Ogohlantirish: Nektarios Triantis (45), Aleksandr Badolato (90+3).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring