Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«PSJ» yangi bosh murabbiy topdi. U — Zidan emas...

«PSJ» yangi bosh murabbiy topdi. U — Zidan emas...

«99 foiz ehtimol bilan Kristof Galte jamoani boshqaradi», — deya xabar berdi beIN Sports jurnalisti Umar Altundag.

Hozirda «Nitssa» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Kristof Galte «Marsel», «Sent-Eten» va «Lill»da ishlagan. 2020/21 yilgi mavsumda «Lill» bilan birgalikda Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan. «Nitssa» bilan esa 2021/22 yilgi mavsumda chempionatni 5-pog‘onada yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransuz klubi Zidanni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchiligi va unga yiliga € 25 mln maosh to‘lashga rozi ekani xabar qilingandi. Biroq Zidan bu taklifni rad etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring