Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo yoshlarining tarixiy g‘alabalari (foto)

Qashqadaryo yoshlarining tarixiy g‘alabalari (foto)

Foto: Yoshlar ishlari agentligi

«Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o‘tkazilayotgan mini-futbol bo‘yicha DXX kubogining o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi musobaqalar o‘z yakuniga yetdi. Poytaxtimizdagi «Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonlarida so‘ngi 5 kun davomida qiziqarli bellashuvlarga mezbonlik qildi.

Qashqadaryo viloyatining qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari mini-futbol bo‘yicha «DXX kubogi» musobaqasida yangi tarix yozishdi. Har ikkala jamoa ham final uchrashuvlarida raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, respublikada tengsiz ekanliklarini isbotladilar. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi xabar berdi.

Uchrashuvlar natijalari:

Qashqadaryo 3-2 Namangan (o‘g‘il bolalar)

Toshkent viloyati 3-4 Qashqadaryo (qiz bolalar)

Eslatib o‘tamiz, shuningdek, bugun, 24-avgust kuni futbol bo‘yicha final uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi: manzil — Toshkentdagi «Jar» stadioni, boshlanishi — soat 19:00.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring