Qatar va KXDRga qarshi uchrashuvlarni boshqaradigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qatar va KXDR terma jamoalariga qarshi safar uchrashuvlarida ishtirok etadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur bahslarda ishlaydigan hakamlar haqida ma’lum qildi.
Qatar — O‘zbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam — Kim Jongheok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Chae Sangheop. VARda esa Kim Heegon faoliyat olib boradi.
Uchrashuv 14 noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da «Jassim bin Hamad» stadionida start oladi.
KXDRga qarshi safar uchrashuv Laos poytaxti Ventyan shahrida o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Mazkur o‘yinda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam — Ali Ali Ahmad, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi.
KXDR — O‘zbekiston uchrashuvi 19 noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da «Lao» stadionida boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter