Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda 25 yashar og‘ir atletika bo‘yicha chempion to‘satdan vafot etdi

Qozog‘istonda 25 yashar og‘ir atletika bo‘yicha chempion to‘satdan vafot etdi

Qozog‘istonlik og‘ir atletikachi Albert Lider 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat og‘ir atletika federatsiyasiga asoslanib Lenta.ru ma’lum qilmoqda.

Sportchining o‘limi sabablari aniqlanmagan. Tashkilot og‘ir atletikachining oilasi, do‘stlari va qarindoshlariga hamdardlik bildirgan.

Vesti.kz portali xabariga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.

Albert Lider yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan, Universiada g‘olibi va rekordchisi bo‘lgan. Shu bilan birga, ko‘p karra mamlakat chempioni hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring