Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati boshlandi (foto)

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati boshlandi (foto)

Foto: Olympic.uz

O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda start olgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha dunyo birinchiligining rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov va Xalqaro kanoe federatsiyasi prezidenti Tomas Koniyesko ishtirok etishdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatimiz bunday nufuzdagi musobaqani birinchi marotaba qabul qilayotgan bo‘lsa ham, unga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rgan. Shuningdek, ushbu majmua Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari doirasidagi eshkak eshish bahslarini yuqori darajada o‘tkaza olishi alohida ta’kidlandi.

Musobaqa startidan avval ishtirokchi davlatlar va atletlar sonida o‘zgarish bo‘lib, unda 52 davlatdan 284 sportchi sovrinli o‘rinlar uchun startga chiqishi belgilandi. Bugun bir qator dasturlarda saralash bahslari o‘tkazildi. Ertaga tushdan so‘ng dastlabki medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring