Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyalik shayx yangi boks ligasi tashkil qilmoqchi

Saudiyalik shayx yangi boks ligasi tashkil qilmoqchi

Saudiya Arabistonining Ko‘ngilochar boshqarmasi raisi Turki Ol ash-Shayx barcha promouterlik kompaniyalarni birlashtirib, boks ligasini tashkil etish niyatida ekanini aytdi.

«Bizda kelajak uchun ligaga o‘xshash biror loyihani yaratishni o‘z ichiga olgan rejalarimiz bor. Shu paytgacha biz kamarlar soni muhokama qilmaganmiz. Ammo, menimcha, 68 nafar jahon chempioni borligi aqlga sig‘maydi», — deydi Turki.

Eslatib o‘tamiz, professional boks WBA, WBC, IBF va WBO kabi tashkilotlar tomonidan joriy qilingan kamarlar soni tufayli muntazam ravishda jamoatchilik tomonidan tanqid qilinadi. Hozirda to‘rtta tashkilot tomonidan e’tirof etilgan 17 vazn toifasida 68 nafar jahon chempioni bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turki Ol ash-Shayx britaniyalik mashhur og‘ir vazn toifasidagi Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasida jang tashkil etishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring