Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘lqin Qilichevga terma jamoa bosh murabbiyligi topshirildi

To‘lqin Qilichevga terma jamoa bosh murabbiyligi topshirildi

Joriy yilning 5-avgust kuni O‘zbekiston boks federatsiyasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Xabar berilishicha, yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishgan.

Yig‘ilishda terma jamoaga yangi bosh murabbiyni tayinlash asnosida bungacha ushbu vazifada ishlab kelgan Marat Qurbonovning O‘zbekistonda boks sport turini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi. 

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh marabbiyi vazifasi vaqtincha To‘lqin Qilichevga yuklatildi.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar milliy terma jamoa Marat Qurbonov tomonidan boshqarib kelinayotgan edi. Qurbonov boshchiligida o‘zbek bokschilari Olimpiya o‘yinlarida, Jahon va Osiyo chempionatlarida umumjamoa hisobida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring