Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Foto: Xabar.uz

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional  ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Muhim: abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring