Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda atom stansiyasi uchun oliy rahbar va mutaxassislar tayyorlanadi

O‘zbekistonda atom stansiyasi uchun oliy rahbar va mutaxassislar tayyorlanadi

Prezident qarori (PQ–4492-son, 16.10.2019-y.) bilan Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Strategiyaga muvofiq, yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasi shakllantiriladi.

Buning uchun ushbu kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun mutaxassisliklar ro‘yxati belgilanadi.

Ma’lumot uchun, Prezident  Farmoniga asosan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universitetida atom energetikasi sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun yangi magistartura mutaxassisliklari ochildi, Toshkent davlat texnika universitetida «Energetika (atom energetikasi)» mutaxassisligi bo‘yicha talabalarni o‘qitish tashkil etildi.

Strategiyaga ko‘ra, AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari 4 ta bosqichda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlanadi:

  • oliy rahbar xodimlar;
  • ekspluatatsiya (operativ va ta’mirlash) xodimlari;
  • yordamchi texnik xodimlar;
  • ma’muriy-boshqaruv xodimlari.

Shu bilan birga, «MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti»ning Toshkent filialida bakalavr yo‘nalishlari kengaytiriladi, magistratura ochiladi.

Shuningdek, mazkur filial xodimlari Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi.

Strategiya maqsadlarida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), Jahon yadro uyushmasi huzuridagi Jahon yadro universiteti (Buyuk Britaniya), shuningdek, «Rosatom» ta’lim muassasalari (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring