Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijodiy imtihonlar sanasi aniq bo‘ldi

Ijodiy imtihonlar sanasi aniq bo‘ldi

Foto: Xabar. uz

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024 yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:

- o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;

- ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring