Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzax viloyatidagi 31 ta maktabda o‘qishlar onlaynga o‘tkazildi

Jizzax viloyatidagi 31 ta maktabda o‘qishlar onlaynga o‘tkazildi

Illyustrativ foto

Ertaga, 23-yanvardan Jizzax viloyatidagi 31 ta maktabda o‘qishlar onlaynga o‘tkaziladi. Bu haqda viloyat XTB xabar berdi.

O‘rganishlar natijasida viloyatdagi 555 ta umumta’lim maktabining 524 tasiga darslarni an’anaviy tarzda boshlashga ruxsat berilgan.

Gaz bosimi past bo‘lgan 31 ta maktabda uzluksiz ta’lim jarayonlari bosqichma-bosqich boshlanishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Onlaynga o‘tkazilgan maktablar:

  • Sharof Rashidov tumani: 1, 3, 5, 13, 14, 15, 16, 23, 27, 28, 29, 30, 31, 32 , 33, 35, 36, 38, 49, 55, 59;
  • Jizzax shahri: 16, 8, 2, 11, 12, 19, Nurli maskan 32-internati;
  • Zarbdor tumanidagi 1 va 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida sinfxonalarda havo harorati me’yoridan pastligi tufayli dars mashg‘ulotlari masofaviy (onlayn) ta’limga o‘tkazilgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring