Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yuridik ta’limni o‘qitishning yangi usuli joriy etiladi – loyiha

Namanganda yuridik ta’limni o‘qitishning yangi usuli joriy etiladi – loyiha

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab «Maktab – litsey – texnikum – universitet» yuridik ta’lim uzluksiz tizimini eksperiment tariqasida Namangan viloyatida joriy etiladi.

Bu borada Hukumatning tegishli qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga muvofiq kelgusi o‘quv yilidan Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatida variativ o‘quv rejasi asosida huquq fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil qilinadi.

Shuningdek, 2024-yilda Namangan viloyat yuridik texnikumi tugatilib, uning negizida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Namangan viloyat akademik litseyi ham tashkil etiladi.

Qaror loyihasi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda davlat ta’lim talablariga muvofiq, huquq sinflari uchun o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi.

Maktab-internatning huquq sinfini bitirgan iqtidorli o‘quvchilari (o‘qish davri yakuniga ko‘ra umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan) yuridik ta’limning uzluksizligi tizimi asosida test sinovlarisiz yuridik texnikumlarga (to‘lov-kontrakt asosida) o‘qishga qabul qilinadi.

Akademik litsey esa Namangan viloyat yuridik texnikumining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring