O‘qituvchining mavqeini oshirish uchun yangi tanlov e’lon qilindi

Bugun, 26-iyun kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
Unda jurnalistlarga maktablarda faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning ijtimoiy nufuzini oshirish, jamiyatda pedagogik faoliyatning obro‘sini yuksaltirish, pedagoglarni yoshlarga namuna va o‘rnak darajasiga ko‘tarish maqsadida kelgusida sohada olib boriladigan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Xalq ta’limi vaziri jamiyatda o‘qituvchi kasbiga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirish, bilim olishga bo‘lgan rag‘batni kuchaytirish, qolaversa, tizimda ta’lim sifatini ta’minlashda salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etishda ommaviy axborot vositalarini hamorlik qilishni taklif qildi.
Qolaversa, tadbir davomida jurnalistlar uchun jamiyatimizda o‘qituvchi kasbining mavqeini oshirish, ustozlik kasbiga nisbatan ijobiy fikrni shakllantirishga qaratilgan «Eng ulug‘ va sharafli kasb» mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter