Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident hayot-mamot masalasi haqida gapirdi

Prezident hayot-mamot masalasi haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida salohiyatli kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbari yig‘ilish davomida ta’lim sohasining o‘rni haqida gapirib o‘tdi.

Biz uchun hayot va mamot masalasi — ta’lim, ta’lim va yana bir marta ta’lim. Bolalarimizga yaxshi ta’lim bermas ekanmiz, kelajakni qura olmaymiz. Buni hammamiz yaxshi tushunishimiz kerak.

Internet texnologiyalari bizning kelajagimiz. Hatto qishloq xo‘jaligidagi mutaxassis ham internet texnologiyalarni yaxshi bilishi shart. Zamonaviy dunyoda dasturlash tizimi kirib bormagan soha qolmadi. Har bitta maktabda internet texnologiyalari chuqur o‘rgatilishi shart.

Nima uchun Prezident maktablari qurdik, degan savolga mutasaddilar javob topa olmayapti shekilli. Menga faqat chiroyli bino kerak emas, mana shu bino ichidagi ta’lim sifati muhim. Shu bilan birga yurtimizdagi boshqa har qanday maktab ham ixtisoslashtirilgan maktablar bilan raqobatlasha olishi kerak. Prezident maktablari metodikasini barcha maktablarga tushirishimiz kerak. Ta’lim tizimiga lokommotiv bo‘lishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring