Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SamDUga 5 yulduzli universitet maqomi berildi

SamDUga 5 yulduzli universitet maqomi berildi

Samarqand davlat universiteti dunyoning eng nufuzli Quacquarelli Symonds (QS), Times Higher Education kabi reyting agetliklari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Buning natijasida Samarqand davlat universiteti O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib QS Stars reytingida 5 yulduzli maqomni qo‘lga kiritdi.

QS Stars tizimi oliy ta’lim muassasalarini global miqyosida baholovchi dunyoning uch eng yirik reyting agentliklaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyaning QS xalqaro reyting agentligi tomonidan 2009 yilda universitetlarga o‘zlarining kuchli sohalarini targ‘ib qilish, zaif tomonlarini aniqlash va yaxshilashga yordam berish maqsadida tashkil etilgan.

QS Stars reytingi universitetlarni 13 kategoriya bo‘yicha: ta’lim sifati, bitiruvchilarning ishga joylashtirish, tadqiqot, xalqarolashtirish, akademik rivojlanish, qulayliklar, onlayn ta’lim, innovatsiyalar, san’at va madaniyat, inklyuzivlik, ijtimoiy mas’uliyat, atrof-muhitga ta’sir va tanlangan mutaxassislik mezonlariga asoslangan holda baholaydi. Mazkur reytingga kirish uchun universitetlar eng kamida yuqoridagi 8 yo‘nalishni tanlab ma’lumotlar taqdim etadi.

Reyting tizimining asosiy maqsadi bo‘lajak talabalarga universitet tanlashda foydalanish uchun qo‘shimcha vosita berish, alohida muassasalar haqida chuqurroq ma’lumot berishga qaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring