Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ziroat Mirziyoyeva IT-oromgohga bordi

Ziroat Mirziyoyeva IT-oromgohga bordi

«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Andijon viloyatiga tashrif davomida «Zamin Education» loyihasi doirasida tashkil etilgan inklyuziv IT-oromgoh ishtirokchilari bilan uchrashgan.

Besh kun davomida katta sinf o‘quvchilari ta’lim, muloqot va ijod salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladigan to‘siqlarsiz inklyuziv muhitda dasturlash va robototexnikani o‘rgandilar, kompyuter ilovalarini yaratish ko‘nikmalarini o‘zlashtirganlar.

Oromgoh navbati yakuniga yetgani munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda bolalar uchun yana bir xushxabar — www.zamineducation.uz IT-platformasidagi resurslar kontenti yanada kengaygani e’lon qilingan. Bu axborot texnologiyalarini chuqurroq o‘rganish hamda sohadagi zamonaviy professional talablarga javob beradigan mutaxassis bo‘lib yetishishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring