Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ZiyoNET — farzandlarimiz kelajagi uchun sarmoya kiritamiz!

ZiyoNET — farzandlarimiz kelajagi uchun sarmoya kiritamiz!

Foto: «Uztelecom.uz»

Har birimiz farzandlarimizning yorqin kelajagi haqida orzu qilamiz. Yanada samarali sarmoya — bu farzand ta’limi uchun ajratilgan sarmoyadir. Aynan ota-onalar kelajak avlodlarimizning asosiy sarmoyadorlari hisoblanadilar. «O‘zbektelekom» AK ota-onalar va ularning farzandlariga ZiyoNET.UZ ta’lim portalidan tez-tez foydalanib turishlarini tavsiya etadi. Bugungi kunda ta’lim va rivojlanish uchun portalda 6000 ga yaqin foydali saytlar mavjud.

«O‘zbektelekom» AK «UZMOBILE» uyali aloqa abonentlariga ZiyoNETning mavjud xizmatini — yoshlar va o‘sib kelayotgan avlodning intellektual saviyasini oshiruvchi o‘quv va bilim manbalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishni tashkil etishni taklif qiladi. 

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar respublika aholisining 60 foizidan ziyodni tashkil etadi. O‘zbekistonda zamonaviy yoshlarning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi masalasi davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgan.

ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i portali yoshlar, o‘qituvchilar, shuningdek boshqa qiziquvchi shaxslar uchun barcha zarur ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan hamda qiziqish uyg‘otgan zarur ma’lumotlarga ega bo‘lish, axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy ko‘nikmalarga murojaat qilish, muloqot qilish va tajriba almashish uchun zarur bo‘lgan qulay vositalar to‘plamidir.

Internetning yaxshi tomonlarini va ular bilan bog‘liq xavflarni tushunadigan aksariyat ota-onalar «qora ro‘yxat»ga kiritilgan ma’lum manbalarga kirishni cheklovchi turli «ota-onalar nazorati» tizimlaridan foydalanadilar. Biroq bu uslub har doim ham o‘zini oqlamagan — birinchidan, bir kun ichida internet tarmog‘ida bir necha minglab zararli saytlar paydo bo‘ladi va tizim ushbu manbalarni ham qamrab olishiga kafolat yo‘q. Ikkinchidan, zamonaviy bolalar texnologiya bilan ishlash nuqtai nazaridan ota-onalariga nisbatan ancha rivojlangan bo‘lib, o‘rnatilgan cheklovlarga barham berishlari ham mumkin.

ZiyoNET tarmog‘ining «oq ro‘yxati» vazifasini o‘taydigan Axborot manbalari Yagona reyestri bugungi kunda Internet tarmog‘ining milliy hamda xorijiy segmentlarining ilmiy-ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa bilim manbalarini o‘z ichiga olgan 6000 ga yaqin saytlarni o‘zida mujassam etgan.

ZiyoNET — kelajagi uchun sarmoya kiritamiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring