Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-sinfga qabul: Toshkentda onlayn navbat tizimi orqali bir kunda 2000dan ziyod ariza qabul qilindi

1-sinfga qabul: Toshkentda onlayn navbat tizimi orqali bir kunda 2000dan ziyod ariza qabul qilindi

Foto: Xabar.uz

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 6 iyulidan boshlab 2020-2021-o‘quv yiliga qabulning elektron navbat tizimi yaratilgani haqida avvalroq xabar berilgandi. Faqat Toshkent shahrida sinovdan o‘tayotgan ushbu tizim orqali hozirgacha 2386 ta ariza qabul qilindi.

Mazkur tizim pandemiya sharoitida bolani maktabga qabul qilish jarayonida duch keladigan navbatda to‘planib turish va ortiqcha sarsongarchiliklarni bartaraf etish maqsadida yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-sinf qabuliga navbatga turish www.qabul.maktab.uz veb-portali orqali onlayn navbat asosida amalga oshiriladi. Tizim muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa keyingi o‘quv yillaridan boshlab Respublikamizning boshqa hududlarida joriy etiladi.

Joriy o‘quv yilida respublika bo‘yicha jami 650 116 nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring