Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet elga ketyapsizmi? Mobiuz’ning eSIM/SIM-kartasini o‘zingiz bilan birga olishga beshta sabab

Chet elga ketyapsizmi? Mobiuz’ning eSIM/SIM-kartasini o‘zingiz bilan birga olishga beshta sabab

Mobil operator 120 dan ortiq mamlakatlardagi 193 ta aloqa operatorlari tarmoqlarida O‘zbekiston bilan aloqada bo‘lishga yordam beradi.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan ochiqlik siyosati va xalqaro hamkorligi tufayli har yili millionlab O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida xorijga sayohat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda xorijga 4,7 milliondan ko‘proq o‘zbekistonliklar safar qilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-fevral oylarida bu raqam 850 mingdan ortiqni tashkil etdi.

Mobiuz’ning eSIM/SIM-kartasini o‘zingiz bilan safarga olib ketish uchun beshta ajoyib sabab bor.

Birinchidan, Mobiuz dunyoning o‘nlab mamlakatlarida qo‘ng‘iroqlar, SMS va mobil internet narxlarini bosqichma-bosqich pasaytirmoqda. Ba’zi misollarni quyidagi jadvalda aniq ko‘rish mumkin.

Mobiuzning rouming xizmati bo‘yicha bir qator mamlakatlarda qo‘ng‘iroq va SMSlar narxlari

Mamlakat va eng tejamkor operator

O‘zbekistonga chiquvchi xalqaro qo‘ng‘iroqning 1 daqiqasi narxi, so‘m

Mehmon bo‘lib turgan mamlakat ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqning 1 daqiqasi narxi, so‘m

Kiruvchi qo‘ng‘iroqning 1 daqiqasi narxi, so‘m

1 ta chiquvchi (yuborilayotgan) SMS narxi, so‘m

Qozog‘iston – Kcell, Tele2

5 950

4 950

4 950

700

Qirg‘iziston – NUR Telecom

Tojikiston,

Megafon, Tcell

Rossiya – MTS, MegaFon, Tele2, TMT

Armaniston – Armentel, Viva/MTS

Belarus – MTS Belarus

Turkiya, Albaniya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Ummon, Portugaliya, Chexiya – Vodafone

7 450

5 950

9 950

1 450

Shveysariya – Salt

Gruziya – Geocell

Hindiston – Vodafone Idea India

Kipr – EPIC (MTN)

Malta – Melita

Shveysariya – Salt

Ozarbayjon – Bakcell

8 842

5 053

5 053

1 264

Saudiya Arabistoni – Zain

14 950

2 950

4 950

1 450

Nepal – Nepal Telecom

14 950

5 950

5 950

1 450

Tailand – AIS(AWN)

Avstraliya – Telstra Mobile

14 950

5 950

9 950

2 450

Misr – Vodafone

Janubiy Koreya – SK Telecom, KT Corporation

Boshqa mamlakatlar

Barcha ma’lumotni www.mobi.uz veb-saytidan olishingiz mumkin.

Ikkinchidan, abonent kutilmagan rouming harajatlaridan himoyalangan bo‘ladi. Mobiuz xorijga chiqishda abonentga avtomatik ravishda rouming xizmatini yoqib qo‘ymaydi. Xizmatni mustaqil ravishda yoki onlayn ariza yordamida ulab olish mumkin, bunday holatda har bir kishi o‘z harakatlaridan to‘liq xabardor bo‘ladi va o‘z xarajatlarini oldindan rejalashtiradi.

Istalgan joyda bo‘lganingizda, Mobiuz mobil ilovasida roumingni faollashtirishingiz mumkin. Agar ilova o‘rnatilmagan bo‘lsa, www.mobi.uz sayti orqali so‘rov qoldirishingiz mumkin. Xizmatni, shuningdek, kompaniya ofislarida yoki internet-yordamchida yoqish mumkin. Roumingni faollashtirish bepul, faqat abonent balansi kelgusidagi harajatlarni hisobga olgan holda kamida 211 ming so‘m bo‘lishi kerak.

Uchinchidan, Mobiuzda alohida SMS-rouming xizmati mavjud. Ya’ni, roumingda bo‘lgan abonent raqami orqali faqat SMS-xabarlarni qabul qilishi va yuborishi mumkin, qo‘ng‘iroqlar va mobil internetdan foydalana olmaydi.

Mobiuz abonent raqamiga milliy (Uzcard, Humo) va xalqaro (VISA, Mastercard) plastik kartalari ulangan bo‘lsa, SMS-rouming unga judayam asqotadi. Pul o‘tkazish yoki valyuta konvertatsiya qilishda bemalol SMS-kodlar va xabarnomalarni olish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, xizmat uchun hech qanday abonent to‘lovi olinmaydi, SMSlar narxlari esa O‘zbekiston bo‘yicha to‘lovlar bilan bir xil.

To‘rtinchidan, agar Mobiuz abonenti boshqa davlatga oddiy SIM-kartasiz uchib ketgan bo‘lsa-da, lekin raqamiga zarurat tug‘ilib qolsa, uni eSIM ko‘rinishida olishi mumkin. SIM/eSIM almashtirish uchun masofadan turib murojaat qilish mumkin, shunda kompaniya operatorlari abonent qayerda joylashganidan qat’i nazar, eSIMni o‘z ichiga olgan QR-kodni elektron pochta orqali yuboradi. Murojaatni ushbu havola orqali yuborish kerak bo‘ladi.

Beshinchidan, 2024-yilning mart oyidan hozirgi kungacha Mobiuz ilg‘or 5G-rouming xizmatlarini taqdim eta boshladi. Agar abonent smartfoni 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlasa va abonent beshinchi avlod tarmoqlarining qamrov hududida bo‘lsa, u ushbu xizmatdan quyidagi mamlakatlarda va operatorlarda foydalanishi mumkin: Omantel (Ummon), Nova (Islandiya), R4 (Polsha), Telefonica (Germaniya), Sasktel (Kanada), Eir (Irlandiya), Orange (Fransiya), MCI (Eron), MTS (Armaniston), A1 (Avstriya), Zain (Saudiya Arabistoni), Telemach (Cloveniya).

Boshqa mamlakatlarga sayohatlar har doim yoqimli hayajon va umidlar bilan bog‘liq. Mobiuz rouming xizmati yordamida siz har doim yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘lishingiz, pul mablag‘laringizdan qulay tarzda foydalana olishingiz, mobil aloqa bilan bog‘liq barcha savollaringiz bilan onlayn xizmatga murojaat qilishingiz mumkin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring