Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi (foto)

Chirchiqda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi (foto)

Foto:«Mitc.uz»

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu markaz Toshkent viloyatida tashkil etilgan o‘n ikkinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

Ochilish marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi, keng jamoa vakillari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur markaz so‘ngi rusumdagi zamonaviy kompyuter texnikalari va mebel jihozlari bilan jihozlangan bo‘lib, aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda korxonalar, hukumat va boshqaruv organlari xodimlarining malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Foto:«Mitc.uz»

Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, startap loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilish ham mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring