Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chiroyli» avtoraqam egalari uchun qulaylik e’lon qilindi (video)

«Chiroyli» avtoraqam egalari uchun qulaylik e’lon qilindi (video)

Avtomobilini sotgan va auksion orqali olingan chiroyli raqamini zahiraga olib qo‘yganlar uchun Yagona portalda qulaylik yaratildi.

Endilikda my.gov.uz portali orqali zaxiraga olib qo‘yilgan avtotransport vositasining davlat raqam belgisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan vaqtda onlayn olish mumkin.

Buning uchun my.gov.uz dan «Transport» bo‘limiga kirish va tegishli xizmatni tanlash kifoya.

Bitta tugma bosish orqali sizga tegishli bo‘lgan zaxiradagi avtoraqamning:

  • davlat raqam belgisi;
  • zaxiraga olingan kuni va saqlanish muddati;
  • qaysi  bo‘linmada ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Ushbu ma’lumotlar bilan siz ko‘rsatilgan bo‘linmaga borib, avtoraqamingizni olishingiz mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring