Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cho‘qqilarga erishing...» — Inha universiteti bitiruvchilariga diplom topshirildi

«Cho‘qqilarga erishing...» — Inha universiteti bitiruvchilariga diplom topshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi Inha universitetida 2019/2020 o‘quv yilgi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Bu yil karantin cheklovlari tufayli bitiruv marosimi odatiy tarzda o‘tkazilmadi, ammo biz xuddi o‘tgan yillardagidek, bu yil ham har bir talabaning yodida qolishi uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qildik. Har bir bitiruvchi hayotida bakalavr diplomini qo‘lga kiritishi juda muhim voqea hisoblanadi. Bu nafaqat oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat, balki o‘zining intilishlari, harakatlari, erishgan natijalari uchun yuqori javobgarlik belgisidir. Professor-o‘qituvchilarimiz sizga ko‘p narsani o‘rgatishdi: bilim olish uchun qat’iy intilish va uni amalda qo‘llash, qiyinchiliklarni yengish va mustaqil bo‘lish, doimo o‘z-o‘zini rivojlantirish istagini uyg‘otdi. Umidlarimizni oqlashingizga ishonamiz va biz siz bilan faxrlanamiz.

Endi siz hayotingizning yangi — professional karerangizni boshlaysiz. O‘zingizga ishoning. Orzularingizni ro‘yobga chiqarishda intiluvchan va mas’uliyatli bo‘ling. Cho‘qqilarga erishing. Inha universitetining diplomi bu yo‘lda sizning ishonchli tayanchingiz bo‘lsin», — deya ta’kidladi universitet rektori Muzaffar Jalolov.

2014 yilda tashkil etilgan Toshkent shahridagi Inha universiteti bugungi kunda axborot texnologiyalari va logistika yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi.

Karantin choralarini inobatga olgan holda bitiruv marosimi uch kunga bo‘lib o‘tkazildi.

O‘qishni a’lo baholarga tugatgan talabalarni rektor Muzaffar Jalolov va o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Li Dong Von shaxsan tabriklashdi va taqdirlashdi.

Bitiruvchilar bir yo‘la ikkita: Inha universiteti (Koreya Respublikasi) va Toshkent shahridagi Inha universiteti diplomlariga ega bo‘lishdi.

2020 yilda kompyuter va dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishida 211 nafar talaba va logistika yo‘nalishida 55 nafar talaba Toshkent shahridagi Inha universitetini tamomladilar.

Universitetda 2014 yilda atigi 115 talaba tahsil olgan bo‘lsa, bugungi kunda 1600 nafardan ortiq talaba o‘qimoqda.

Bitiruvchilar magistrlik dasturlarida xorijning nufuzli universitetlarida o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirmoqdalar. Ayrimlari esa dunyodagi yetakchi kompaniyalarda mehnat faoliyatini olib borishmoqda.

Bitiruv marosimining to‘liq videosi: https://www.youtube.com/watch?v=VW_WkCpW5u8

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring