Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

«Facebook» Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi J.Vaxabov «Facebook» kompaniyasi bo‘limi direktori Endi O‘Konnell bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollarini muhokama qildi.

Internetda, xususan, «Facebook», «Instagram» va «WhatsApp» platformalari orqali ekstremizm va radikallashuvning oldini olish bo‘yicha hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

O‘Konnell O‘zbekistonda davlat idoralari ochiqligi va so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika kompaniyasi Sh.Mirziyoyevdan mamlakatdagi «Facebook» platformasi va boshqa platformalarning uzluksiz ishlashini ta’minlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdor.

Bundan tashqari, «Facebook» AT-mutaxassislarini tayyorlashda yordam berishga tayyorligini bildirdi. O‘zbekistondagi har bir qiziquvchi talaba maxsus yaratilgan veb-sahifa orqali amaliyot o‘tash uchun ariza topshirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring