Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonlik talaba dunyodagi eng kichik changyutgichni yaratdi

Hindistonlik talaba dunyodagi eng kichik changyutgichni yaratdi

Foto: Guinnessworldrecords.com

Hindistonlik talaba, 23 yoshli Tapala Nadamuni o‘lchami bir santimetrdan kichik changyutgich yaratib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Mutaxassislarning aniqlik kiritishicha, yangi qurilmaning o‘lchami — atigi 0,65 sm, ya’ni 2022-yilda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan 0,2 sm kamdir.

Foto: Guinnessworldrecords.com

Nadamuning aytishicha, shu kichik qurilmani yasash uchun bir necha yil mehnat qilgan.

Jajji qurilmaning ishlash tamoyili odatiy changyutgichlarniki bilan bir xil — elektr tokida ishlaydi, ichki salbiy bosim ostida chiqindilarni so‘rib oladi.

Foto: Guinnessworldrecords.com

Mitti changyutgich korpusi uchun sharikli ruchka hamda boshqa xil plastik va metallar ishlatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring