Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei» kompaniyasi va Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

«Huawei» kompaniyasi va Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

Foto: «Huawei»

Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti vakillari «Huawei» kompaniyasi O‘zbekiston AKT infratuzilmasini mustahkamlash sohasida olib borayotgan faoliyat bilan tanishish maqsadida 2020-yilning dekabr oyida uning ofisiga tashrif buyurishgan edi. 24-fevral kuni «Huawei Uzbekistan» rahbariyati ham Yeoju texnika institutining talabalar shaharchasiga javob tashrifini amalga oshirishdi.

Foto: «Huawei»

Tomonlar kelgusida hamkorlikda IT-yo‘nalishida kadrlar tayyorlash, institut laboratoriyasida tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish, shuningdek, arxitektura va shaharsozlik yo‘nalishida raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklarini muhokama qildilar.

Foto: «Huawei»

Ushbu tashrif natijalari «Huawei» kompaniyasi va Yeoju texnika instituti o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi bilan yanada mustahkamlandi.

Memorandum axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, muhim yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlar, kompaniya mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar va mahorat darslarini tashkil etish, qolaversa, Yeoju talabalari «Huawei»ning har yili o‘tkaziladigan, olti yildan buyon O‘zbekiston talabalariga kompaniyada amaliy tajriba orttirishlariga imkon yaratib kelayotgan «Seeds for the Future» global loyihasida ishtirok etishlari uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.

«Huawei» o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston hududida mamlakatning asosiy IT-universitetlari, jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi INHA universiteti hamda Toshkent shahridagi Amiti universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

«Huawei» kompaniyasi, shuningdek, IT-sohaga ixtisoslashmagan, biroq hozirda ma’lum bir jihatlardan raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq universitetlar bilan ham hamkorlik qilib kelmoqda. Dunyoda iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamlashtirish jarayoni ketayotganini hisobga olsak, IT-yechimlar va ularni qo‘llash bo‘yicha asosiy bilimlar har qanday o‘quv dasturi uchun foydali bo‘ladi. Yaqinda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining pedagogik tarkibi uchun qishloq xo‘jaligi sohasida bulutli texnologiyalar va server texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan birgalikda esa, avval imzolangan memorandum doirasida, «O‘zbekistonning AKT sharhlovchisi» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring