Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Ijtimoiy tarmoqlar bloklanadimi?

Ijtimoiy tarmoqlar bloklanadimi?

«Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan va shu yil 15 apreldan kuchga kiradigan qoidaga ko‘ra mulkdor va (yoki) operator O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularning jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida yig‘ilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini ta’minlashi shart, qilib belgilab qo‘yildi..

Bu nimani anglatadi?

Facebook, Instagram, Tik-tok, Telegram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek boshqa internet servislar O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari joylashgan ma’lumotlar bazalarini (serverlari) jismonan O‘zbekistonga olib kelib saqlashi shart degani.

Bunga reaksiya qanday bo‘lyapti?

Facebook kompaniyasi bundan xavotirga tushganini yashirib o‘tirmadi. BBC Uzbek xabariga ko‘ra, Mark Sukerberg asos solgan kompaniya endi Rossiya, Xitoy va O‘zbekiston kabi davlatlar bu yo‘l bilan so‘z erkinligini jilovlashga urinayotganidan xavotir bildirgan.

Mas’ullar qanday fikrda?

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi matbuot kotibi AQSh, Yevropa, Avstraliya, Hindiston, Qozog‘iston, Indoneziya, Turkiya kabi davlatlar tajribasini o‘rganib, keyin bu tartib joriy etilayotganini ma’lum qilgan.

Xavotirga o‘rin bormi?

Hozircha bir narsa deyish qiyin.

Oldinda Telegram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar, Gmail, mail.ru pochta xizmatlari va Google hamda Yandeks kabi gigantlar bor. Ular bunga qanday qarasharkin? Ayrimlarini hisobga olmaganda, ushbu gigantlar uchun O‘zbekiston bozori unchalik qiziq emas, agar server o‘rnatish xarajatlari va xavfsizlik tomonlari ularga to‘g‘ri kelmasa, shunchaki O‘zbekistonni o‘z tizimidan o‘chirib qo‘yishi mumkin. Bundan ko‘proq o‘zbekistonliklar va bizning tadbirkorlar yutqazadi xolos. Chunki O‘zbekistondagi juda ko‘p bizneslar aynan Google, Facebook, Instagram, Yandeks ustiga qurilgan.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring