Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ilk stipendiya nukuslik talaba qizga nasib etdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ilk stipendiya nukuslik talaba qizga nasib etdi

TATU Nukus filiali 3-bosqich talabasi Ulbosin Saparova.

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi «Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatinini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra o‘quv jarayonida yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, tashabbuskor va intiluvchan, respublika hamda xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va sovrindorlari, AKTga oid ilmiy tadqiqot, yirik dasturlar va izlanishlarda ishtirok etayotgan hamda ilmiy maqolalar yozgan, dasturiy va texnik ishlanmalar yaratgan TATU hamda uning hududiy filiallari talabalarini rag‘batlantirish maqsadida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya ta’sis etilgan edi.

Yaqinda ushbu stipendiya ilk egasiga topshirildi. TATU Nukus filialining kompyuter injiniringi fakulteti telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ulbosin Saparova 2017–2018-o‘quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyaga sazovor bo‘ldi. 

AKT yo‘nalishiga odatda yigitlarning qiziqishi yuqori bo‘ladi va tabiiyki, bu yo‘nalishdagi oliy ta’lim maskanlarida ularning ulushi balandroq. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ilk stipendiyaga Ulbosin Saparovaning loyiq topilishi yurtimizda qizlarning ham texnologiyalarga qiziqishi sust emasligi,  ushbu yo‘nalishda munosib kadrlar yetishib chiqayotganini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring