Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU va Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi

TATU va Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi

Joriy yilning 11-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) tomonidan tashkil etilgan «2020 — Global yetakchilik onlayn forumi» (2020 Global ICT leadership online forum)da ishtirok etdi.

«2020 — Global yetakchilik onlayn forumi»da Birlashgan millatlar tashkiloti, Jahon banki, Janubiy Koreya, Nepal, Kambodja, Turkmaniston, Serbia kabi mamlakatlardan axborot kommunikatsiya texnologiyalari va turdosh vazirliklardan vakillar ishtirok etdilar.

Onlayn forum davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi.

Memorandum asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialida «Axborot almashinish markazi»ni tashkil etish, AKT sohasida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, axborot va bilimlar almashinish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga kelishib olindi.

TATUning Farg‘ona filialida tashkil etiladigan «Axborot almashinish markazi» AKT sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, talabalar va keng jamoatchilikni axborot olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, zamonaviy bilimlarni egallash, sohaga oid turli dasturlarda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring