Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell abonentlarni ogohlikka chaqirdi

Ucell abonentlarni ogohlikka chaqirdi

Foto: «Xabar.uz»

Mobil firibgarlik holatlari ko‘payganligi sababli, moliyaviy yo‘qotishlarga uchramasligingiz uchun Ucell ogohlikka chaqirdi.

Mobil firibgarlikning eng keng tarqalgan turlari – abonentning shaxsiy hisobidan pul mablag‘larining noqonuniy tarzda yechilishiga olib keluvchi sxemalardir.

«Mobil firibgarlikning oldini olish uchun, iltimos, hamisha ehtiyotkorlik choralarini ko‘rib yuring:

  • Turli yo‘riqnomalarga, so‘rovlarga amal qilishga va/yoki notanish kishilarning ko‘rsatmalari asosida biror ishni bajarishga shoshilmang;
  • Shubhali manbalarga ishonmang;
  • Olingan ma’lumotga aniqlik kiritish uchun Ucell abonentlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting;
  • Notanish xorijiy raqamlarga qaytarib qo‘ng‘iroq qilmang;
  • O‘zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni (pin-kodlar, tasdiqlash kodlari va boshqalarni) birovlarga bermang» — deyiladi xabarda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring