Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Windows tizimidagi nosozliklar dunyo bo‘ylab banklar, OAV, aeroportlar faoliyatiga ta’sir qildi

Windows tizimidagi nosozliklar dunyo bo‘ylab banklar, OAV, aeroportlar faoliyatiga ta’sir qildi

Foto: RTVI

Windows kompyuter tizimlaridagi nosozliklar global miqyosda banklar, OAV, aeroportlar faoliyatiga ta’sir qildi, deb xabar berdi BBC.

Ayniqsa, Avstraliya IT-servislaridagi jiddiy uzilishlar oqibatida aviaparvozlar bekor qilingan, supermarketlar kassalarida tartibsizliklar yuzaga kelgan, jonli efirlar to‘xtab qolgan. Shuningdek, Amsterdam, Los-Anjeles, Atlanta va boshqa shaharlar aeroportlari parvozlarni bekor qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Aksariyat kompaniyalar bu holatni Windowsdagi nosozlik bilan bog‘lashmoqda. Microsoft matbuot xizmati kompaniya «muammoni o‘rganayotganini» ma’lum qildi. Keyinroq Microsoft ko‘p servislarga ulanish tiklangani haqida bayonot berdi.

Kompaniya uzilishlarga Microsoft Azure bulutli servisidagi nosozlik sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Qator ommaviy axborot vositalari esa uzilishlar CrowdStrike antivirusi yangilanishi oqibatida kelib chiqqanini yozmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring