Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 daqiqada 76 ta xot-dog: jahon rekordi yangilandi (video)

10 daqiqada 76 ta xot-dog: jahon rekordi yangilandi (video)

Foto: «News.myseldon.com»

Amerikalik Jag‘ laqabli Joui Chestnat 10 daqiqada 76 ta xot-dogni paqqos tushirib, o‘ziga tegishli jahon rekordini yangiladi. Xot-dog yeyish bo‘yicha musobaqa ESPN telekanali orqali namoyish etildi.

Nathan’s Famous Hot Dog Eating Contest musobaqasi har yili 4-iyul — AQSh mustaqilligi kuni Nyu-York shahrida o‘tkaziladi. Birinchi musobaqa 1916-yilda bo‘lib o‘tdi: o‘shanda irlandiyalik Jim Mallen garov o‘ynab 12 daqiqada 13 ta xot-dogni yeb qo‘ygan. O‘shandan beri musobaqa faqat Ikkinchi Jahon urushi yillarida o‘tkazilmagan. 2020-yilda esa pandemiya tufayli muxlislarsiz yashirin ravishda o‘tkazildi.

Chestnat musobaqada bir necha bor g‘olib chiqqan. 2020-yilda u 75 ta sosiska yeyish bo‘yicha ham jahon rekordini o‘rnatdi. Bitta sosiskani iste’mol qilish uchun Jag‘ atigi uchta harakatni amalga oshirgan. Tezroq ovqatlanish uchun bulochkani sosiskadan alohida suvga bo‘ktirib, so‘ng siqib olgan. Bundan tashqari, xot-dogga ketchup, mayonez va xantal qo‘shmagan.

Ikkinchi o‘rinni 51 ta xot-dogni yeyishga ulgurgan Jeffri Esper, uchinchi o‘rinni esa 43 ta xot-dog yegan Nik Uiri egalladi.

2011-yildan buyon ayollar o‘rtasida musobaqalar ham o‘tkazib kelinmoqda. Bu safar g‘olib Mishel Lesko bo‘ldi. U 10 daqiqada 30 yarimta xot-dog tanovul qildi.

Turnir g‘olibiga 10 ming dollar hamda erkaklar uchun xantal, ayollar uchun pushti rangli belbog‘lar topshirildi. Ikkinchi o‘rin uchun 5 ming dollar, uchinchi o‘rin uchun esa 2,5 ming dollar to‘landi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring