Adabiyot bo‘yicha Nobel sohibasi e’lon qilindi
2026-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti kanadalik Enn Karsonga berildi.
Bu haqda Nobel qo‘mitasi saytida ma’lum qilindi. Aytilishicha, Enn Karson bu e’tirofga «mumtoz adabiy an’analarni jonli va erkin tarzda zamonaviy shakllar bilan boyitgan jasur hamda yangilikka to‘la ijodi uchun» loyiq topilgan.
Karson nafaqat yozuvchi, balki shoira, mumtoz tillar va adabiyot o‘qituvchisi, shuningdek, Simonid, Sapfo, Esxil, Sofokl, Yevripid hamda Katull asarlari tarjimoni hamdir. U 18 dan ortiq kitob muallifi hisoblanadi.
Boshqa nomzodlarning ismlari oshkor etilmaydi — nominatsiyalar va saralash jarayoniga oid ma’lumotlar mukofot topshirilganidan 50 yil o‘tibgina e’lon qilinadi.
Avvalroq kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiya va Fransiya olimlariga nasib etgandi. Ular asimmetrik organik sintezda chiziqli bo‘lmagan effektlar va avtokataliz hodisasini kashf etganligi uchun g‘olib bo‘lgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter