Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikalik aeroportdan samolyot olib qochdi, 130 km uchdi va halokatga uchradi

Amerikalik aeroportdan samolyot olib qochdi, 130 km uchdi va halokatga uchradi

AQShda Texasdagi aeroportdan olib qochilgan samolyot halokatga uchradi. 23 yoshli yigit vafot etdi.

NBC News xabariga ko‘ra, Dallas yaqinidagi aeroportdan olib qochilgan samolyot parchalari AQShning Texas va Oklaxoma shtatlari chegarasida topilgan. Samolyot havoga ko‘tarilganidan bir yarim soat o‘tib qulagan. Olib qochgan shaxs halok bo‘lgan.

24 yanvar kuni kechqurun Dallas shimolidagi Addison aeroportidan Cessna 172 yengil yo‘lovchi samolyoti o‘g‘irlab ketildi. O‘g‘ri uni havoga ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan, biroq taxminan bir yarim soatdan keyin samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Uning qoldiqlari 26 yanvar kuni topilgan.

O‘g‘rining shaxsi aniqlandi: u Shimoliy Karolina shtatida yashagan 23 yoshli yigit edi. U nega samolyotni o‘g‘irlashga qaror qilgani hozircha noma’lum. Dispetcherlar o‘g‘ri bilan bog‘lanishgan, biroq u ularning ko‘rsatmalarini tinglashdan bosh tortgan va aloqani uzib, «shunchaki Sharqiy Texasga borishini» atgan.

Avvalroq Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyotdan omon qolgan uchuvchi hodisa  tafsilotlarini aytib bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring