Amerikalik senator quruq basseynga yiqilish oqibatida vafot etdi
AQShning Kentukki shtati senatori Jonni Tyorner quruq basseynga yiqilishda olingan jarohatlar oqibatida vafot etdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Tyorner o‘z hovlisida o‘t o‘rayotgan paytida bexosdan o‘t o‘rgich bilan qo‘shilib suvsiz basseynga yiqilgan va jarohat olgan. Shifokorlar uning hayoti uchun bir oy kurashishdi, shunga qaramasdan 76 yoshli siyosatchini qutqarib qolisha olmadi.
Senator Tyorner Sharqiy Kentukki aholisining asosiy daromad manbai sanalgan ko‘mir sanoati va yilqichilik himoyachisi sifatida tanilgan. Aytishlaricha, yaxshi fazilatlari ko‘p bo‘lgan, tog‘larni va kentukkiliklarni sevgan, shtatni suv bosganida kelib tizzasigacha loyga botib tiklanish ishlarida ko‘maklashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter