Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? Javob berildi

AQSh Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? Javob berildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Vladimir Putin Rossiya prezidenti sifatida qolayotganini tan oladi, garchi Vashington o‘tgan saylovlarni «erkin va adolatli» deb hisoblamasa ham. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller departamentning Youtube kanalida efirga uzatilgan brifingda aytib o‘tdi.

Rossiya rahbarining 7-may kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimida AQSh vakili bo‘lmaydi, dedi departament rasmiysi.

«Yo‘q, bizning vakillarimiz uning inauguratsiyasida qatnashmaydi», dedi Miller.

Avvalroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin 6-may kuni inauguratsiyaga tayyorgarlik ko‘rishini ma’lum qilgandi. U bir qator tadbirlar, ichki uchrashuvlar va uchrashuvlarga mezbonlik qiladi. Prezident matbuot kotibi aniq qanday uchrashuvlar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba esa Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan olmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyani 2000-yildan beri boshqarib kelayotgan Vladimir Putin 2024-yil 15-17-mart kunlari o‘tgan saylovlarda rekord natija qayd etib, 87,2 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. G‘arb tomoni saylovlarni tanqid qilib, uni erkin bo‘lmagan va nodemokratik deb atadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring