Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning so‘nggi askari Iroqni tark etdi — DPA

AQShning so‘nggi askari Iroqni tark etdi —  DPA

Illyustrativ foto

AQSh qurolli kuchlari Iroq hududini butunlay tark etdi, bu haqda DPA (Deutsche Presse-Agentur) axborot agentli iroqlik rasmiyga asoslanib xabar berdi.

Iroqdan AQSh armiyasining barcha jangovar bo‘linmalari, shuningdek, ularga moddiy-texnik ko‘mak ko‘rsatib kelgan ta’minot kuchlari to‘liq olib chiqib ketilgani aytilmoqda. Hozircha AQSh ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q.

Ikki tomonlama kelishuvga binoan, qo‘shinlarni olib chiqish muddati joriy yilning 30-sentyabr kuni rasman yakuniga yetishi belgilangan edi. AQSh va Iroq tomoni qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha yakuniy to‘xtamga 2024-yilda kelishgan edi. Oxirgi yillarda Iroqda (asosan Erbildagi kurdlar hududi va Bag‘doddagi hukumat mavzesida) 2 500 nafarga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi qolayotgan edi.

Amerika askarlarining mamlakatni tark etishi munosabati bilan Iroqda «Mustaqillik bayrami» keng nishonlanishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring