Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Askar Akayev eng katta xatosi, Karimov va «lola inqilobi» sababi haqida gapirdi

Askar Akayev eng katta xatosi, Karimov va «lola inqilobi» sababi haqida gapirdi

Qirg‘iziston birinchi prezidenti Askar Akayev Deutsche Welle radiosiga intervyu berib, o‘zining eng katta xatosi va Islom Karimov haqida gapirgan.

2005 yili Qirg‘izistondagi «lola inqilobi»ga tashqi kuchlar ta’siri katta bo‘lgan. Uning aytishicha, Gruziyadagi «atirgul inqilobi» va Ukrainadagi «apelsin inqilobi»dan keyin O‘zbekistonda davlat to‘ntarishi qilmoqchi bo‘lishgan, qo‘llaridan kelmagach, Qirg‘izistonga e’tibor qaratishgan.

«Bizning eng zaif nuqtamiz bor edi: matbuotimiz erkin edi. Mening eng katta xatoim ham shu bo‘lgan: Freedom House tashkilotiga OAV nashriyotlarini ochishga ruxsat berganim. Ularga to‘liq erkinlik berilgani uchun men va oilam haqida xohlagan narsasini yozishgan, millionlab nusxadagi gazetalarni tekinga tarqatishgan», degan Akayev.

Uning ta’kidlashicha, nashriyotlar ishi qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘istonga ham yoqmagan, chunki ularga qarshi yozilgan maqolalar ham Qirg‘izistonda chop etilib, Markaziy Osiyoga tarqatilgan.

«Bir kuni Nursulton Abishevich (Nazarboyev — tahr.) menga qo‘ng‘iroq qilib: «Menga qara, demokrat, demokratiyangni uyingda qil. Bizga nimaga kerak? Sening yurtingdagi nashriyot chiqargan gazetada meni yomonlashyapti», degan. Xuddi shu gapni Islom Abdug‘aniyevich (Karimov — tahr.) ham aytgan. Mana shu yerda xato qilganman, iqtisodimiz shundan keyin orqaga ketgan», degan Akayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring